Germaniya transport sobiq vaziri, Bavariya Nasroniy-ijtimoiy uyushmasi partiyasi vakili Peter Ramzauer Germaniya kansleri Angela Merkelni o‘tgan asr boshida cho‘kib ketgan “Titanik” kemasidagi pianinochi bilan tenglashtirdi. Bu haqda u Die Weltga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Siyosatchining xayoliga bu qiyoslash Angela Merkelning yevroskeptiklar partiyasi “Germaniya uchun muqobil”ning hududiy saylovlardagi muvaffaqiyati haqidagi nutqini eshitgach kelgan. Mag‘lub bo‘lgan Nasroniy-demokratik partiyasi lideri Merkel prezidiumda chiqish qilar ekan, raqiblarining g‘olibligi ular uchun muammo emasligini aytgan.
“Bu menga “Titanik”dagi pianinochini eslatdi. Chunki u ham royalda chalish mumkin bo‘lgani uchungina oxirigacha musiqa chalgan”, fikrini izohladi u.
Bundan tashqari Ramzauer Merkelning saylov yakunlari haqidagi bunday fikrlari nemis xalqini yanada g‘azablantirishi mumkin, deb hisoblaydi.