Sud qarori bilan 2014 yilda Yemelyanovo aeroportida bir dasta dollar topib olgan krasnoyarsklik taksichiga pullar to‘liq taqdim etildi. Bu haqda Sibir ichki ishlar boshqarmasida ma'lum qilishdi.
Taksi haydovchisi bo‘lib ishlaydigan 41 yoshli krasnoyarsklik erkak bir yarim yil avval mijozlarni aeroportga olib keladi. U mijozlarining yuklarini terminalgacha olib kirishga yordam bermoqchi bo‘ladi va mashinalar to‘xtash joyida, shundoq asfalt ustida sochilib yotgan yuz dollarliklarni ko‘rib qoladi.
Sibirlik pullarni qalbaki deb o‘ylaydi, lekin har ehtimolga qarshi, ularni o‘zi bilan olib ketadi. Uyda ularning haqiqiyligini tushunib, politsiyaga olib boradi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Moskva aviareyslarida uchgan qaysidir yo‘lovchi pullarini yo‘qotgan degan fikrni bildirishadi.
Biroq pullarning egasi topilmaydi. Taksichi esa olti oydan so‘ng, Rossiya qonunlariga ko‘ra, sud orqali topilmaga egalik huquqini e'lon qiladi.