Klaudio Raneri: "Lester" - faoliyatimdagi so‘nggi jamoa

Sport 19:18 / 16.03.2016 1653

"Lester" jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri yaqin vaqt ichida jamoani tark etishga oshiqmayotganini bildirgan.

U murabbiylik faoliyatini hozirgi jamoasida yakunlash niyatida ekanini bildirgan.

"Menga bu yerdagi barcha narsa yoqadi. Ketish haqida o‘ylayotganim yo‘q. Bir kuni o‘z lavozimimni tark etishim mumkin, lekin boshqa jamoada ishlamayman. Men "Lester"dan ketsam, murabbiylik faoliyatimni yakunlayman", deya uning so‘zlarini keltiradi Goal.com.

Ma'lumot uchun, "tulkilar" ayni vaqtda, 30 tur o‘yinlaridan keyin Angliya chempionati turnir jadvalida 63 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: