Yaqin vaqt ichida Instagramning lentasida xabarlar ularning qo‘yilgan kuniga qarab emas, balki ma'lum bir algoritm orqali ko‘rsatiladi. Bu haqida kompaniyaning blogida habar berildi.
Instagram xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, bu o‘zgartirish foydalanuvchilar muhim yozuvlarni o‘tkazib yubormasliklari uchun qilinmoqda.
“Bu juda hayratlanarli, chunki statistik ma'lumotlarimizga ko‘ra, 70 foiz foydalanuvchilar o‘z lentalarini o‘qishmaydi. Instagramning kattalashib ketishi sababli, fotosuratlar va videolarni kuzatish qiyin bo‘lib qoldi. Bu siz uchun muhimroq bo‘lgan ma'lumotlarni qo‘rmayapsiz degani”, - deb xabar berdi Instagram axborot xizmati.
Yozuvlarni tartibini shakllantirish uchun foydalanuvchining qiziqishi, yozuvning muallifi bilan bog‘liqligi va yaratilgan vaqti orqali algoritm hisob-kitob qilib chiqadi. Instagram ma'lum bir xabarlarni lentadan olib tashlashni rejalashtirgani yo‘q, faqatgina ularning tartibini o‘zgartirmoqchi.
Bu o‘zgarish qachon amalga oshirilishi haqida ma'lumot yo‘q, lekin algoritmni keyingi oylarda sekin astalik bilan ulashni boshlashadi.
Kompaniyaning xabarlarida xronologik lentaga qaytish imkoniyati borligi haqida gap bo‘lmagani tufayli, kelajakda buning iloji bo‘lishi qiyinligi aytilgan.
pervyy shag k nasilnomu perevodu k feysbuchnomu rejimu otobrajyeniya lenty! #vkjivi pic.twitter.com/uwcYW1wD1T
— Sulti (@sult) 14 marta 2016 g.