YeChL. «Manchester Siti» chorak finalga chiqdi

Sport 09:14 / 16.03.2016 1796

15 mart oqshomida Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak finalida "Manchester Siti" Kiyevning "Dinamo" jamoasini qabul qildi. "Shaharliklar" ikkinchi o‘yinni ham o‘zlari uchun qoniqarli natija bilan yakunlashdi.

"Etihad Stedium"da bo‘lib o‘tgan javob o‘yinida hisob ochilmadi. O‘yinning dastlabki daqiqalarida mezbonlar sardori Kompani jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o‘rniga o‘yinni Mangalya davom ettirdi. Mezbonlar 24 daqiqada ham majburiy o‘zgarishni amalga oshirishdi, yana bir markaziy himoyachi Nikolas Otamendi jarohat tufayli o‘z o‘rnini Martin Demichelesga bo‘shatib berdi.

Pellegrini shogirdlari Kiyev bo‘lib o‘tgan ilk bahsda 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgani bois, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Shu tariqa, "Manchester Siti" klubi o‘z tarixida ilk marta Yevropa chempionlar ligasining chorak finaliga chiqdi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1/8 final, javob o‘yini
Manchester Siti - Dinamo Kiyev 0:0 (0:0)
Manchester Siti – Xart, Kompani (Mangalya, 7), Klishi, Sabaleta, Otamendi (Demichelis, 24), Fernando, Fernandino, Ture, Navas, Silva, Aguero.
Dinamo Kiyev – Shovkovskiy, Xacheridi, Antunesh, Vida, Dragovich, Garmash, Velozu, Buyalskiy, Yarmolenko, Gusev, Teodorchik (Gonsales, 46).
Ogohlantirishlar: Otamendi (18), Antunesh (21).
Birinchi o‘yin – 3:1.

Ko‘proq yangiliklar: