GDC 2016 konferensiyasi doirasida tashkil etilgan Developer Day marosimida Google kompaniyasi Android uchun mo‘ljallangan mobil o‘yinlar reklamasining butunlay yangi shaklini namoyish etdi.
Endilikda foydalanuvchilar qidiruvga berilgan o‘zlarini qiziqtirgan o‘yinlarning sinov ko‘rinishini qurilmasiga yuklab olmasdan turib o‘ynab ko‘rishlari mumkin. Mazkur texnologiya o‘tgan yilning noyabrida sinovdan o‘tkazish boshlangan striming ilovalarga asoslangan.
O‘yinni sinovdan o‘tkazish taklif etilgan reklama (uning pulli yoki bepul ekani — muhim emas) Android-qurilmalarda yaqin haftalar ichida paydo bo‘ladi. Google vakilining so‘zlariga ko‘ra, mazkur funksiya faqatgina Wi-Fi`ga ulangan uskunalarda ishlaydi. O‘yin vaqti cheklangan bo‘lib, 10 daqiqadan oshmasligi kerak.
Kompaniyaning yana bir muhim yangiligi shundaki, dasturchilar uchun yangi API`lar bo‘lib, ular ilovalarga yozuvlar va YouTube-kanaldagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyani qo‘shish imkonini beradi. Mazkur imkoniyat yaqin oylar ichida foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi.
Shuningdek, Google kompaniyasi Google Play onlayn do‘koniga dasturchilardan mustaqil ravishda eng qiziqarli o‘yinlarni joylashtiradigan Indie Corner bo‘limini qo‘shishga va'da bermoqda. Kompaniya mazkur ro‘yxatga loyihalarni mustaqil tarzda tanlaydi. Hozircha o‘zgarishlarning kuchga kirishiga vaqt bor, ammo yangi Android N platformasining sinov talqini hozirda foydalanish uchun ochiq.