1 apreldan gaz tarifi 8 foizga oshadi

O‘zbekiston 18:38 / 16.03.2016 2134

1 apreldan O‘zbekiston aholisi va ulgurji iste'molchilarga beriladigan tabiiy gaz uchun Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tariflar joriy qilinmoqda. Bu haqda «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi xabar bergan.

Yangi preyskurantga ko‘ra, aholiga beriladigan tabiiy gazning 1 kubometri hisoblagich bo‘lgan holda 208,92 so‘mdan 226 so‘mga (o‘sish - 8 foiz) oshiriladi. Hisoblagich bo‘lmagan holda ovqat pishirish va issiq suv ta'minoti uchun ishlatiladigan gazning 10 kubometri 3908,30 so‘mni tashkil qiladi (joriy tarif — 3612,95 so‘m). Isitish uchun foydalaniladigan gazning 10 kubometri 1675,55 so‘mdan 1812,50 so‘mga oshadi.

Elektr energiya tariflari O‘zbekistonda oxirgi marta 2015 yilning 1 oktabrida 7,3 foizga oshirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 1 apreldan elektr energiyasi, issiq va sovuq suv to‘lovlari ham qimmatlashadi.

Ko‘proq yangiliklar: