Moskvada “Yevrovideniye-2016” musiqa tanlovining belaruslik ishtirokchisi IVAN (Sasha Ivanov) kamondan o‘zini qo‘lini shikastlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Russkaya slujba novostey” nashri.
Ma'lum qilinishicha, bu noxush voqea “Yevrovideniye kundaliklari”ni suratga olish ishlari vaqtida yuz berdi. Musiqachi kamon ipini tortganda kamon o‘qi chiqib ketib, qo‘liga kirib ketgan. Suratga olish ishlari xonandaga tibbiy yordam berish uchun to‘xtatilgan.
“Tanlovlar deb nimalarga bormaysan. Bu qanday yuz berganini bilmayman, ehtimol tajribam yo‘qligi pand bergandir. Balki men barchasini chiroyli bajarish uchun biroz me'yoridan oshirib yuborganim uchun bo‘lgandir. Endi bog‘langan qo‘l bilan kamon otish noqulay bo‘ladi, shuning uchun bugunga shu bilan ritsarlik jasoratlari yetadi. Xavotirlanmang, to‘ygacha tuzalib ketadi”, deb aytdi xonanda.