Yatsenyuk o‘z iste'fosini talab qilganlarga 3ta shartini bayon qildi

Jahon 16:18 / 15.03.2016 1586

Ukraina prezidentining Oliy Radadagi vakili Stepan Kubov mamlakat bosh vaziri Arseniy Yatsenyukning iste'foga chiqishga tayyorligini, buning uchun uning 3ta sharti bajarilishi talab etilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda UNIAN xabar tarqatgan.

Kubov bu haqda fraksiya yig‘ilishining Ukraina prezidenti Petro Poroshenko bilan uchrashuvi vaqtida aytgan.

"Bosh vazir aytdiki, u iste'foga ketishga tayyor, buning uchun uning 3ta sharti bor. Birinchidan, u navbatdagi bosh vazir uchun nomzodni ko‘rishi kerak. Ikkinchidan, u yangi hukumatning dasturi bilan tanishishni istaydi. Uchinchidan esa, u tuzilajak hukumat tarkibini bilmoqchi", deydi Kubov.

Kubovning qo‘shimcha qilishicha shundan keyin qizg‘in muhokamalar boshlangan va har bir siyosiy kuch bosh vazirlik uchun o‘z nomzodini ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Muhokamalar yakunida rezident parlament va demokratik fraksiya demokratik kuchlar asosida yangi yevropaparast koalitsiya shakllantirishi kerakligini aytgan.

Bundan oldinroq, "Blok Petra Poroshenko" (BPP) fraksiyasi yetakchisi Yuriy Lutsenko Arseniy Yatsenyuk "oq qog‘oz olishi va iste'foga chiqish haqidagi arizasini yozishi" kerakligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: