Xitoylik Xou Ifan shaxmat bo‘yicha jahon chempioniga aylandi

Sport 10:55 / 15.03.2016 2281

Ukrainaning Lvov shahrida shaxmat bo‘yicha jahon chempionlik toji uchun bahslar yakunlandi. Unda 2015 yilgi jahon chempioni ukrainalik Mariya Muzichuk xitoylik Xou Ifanga qarshi 9 partiyadan iborat bahs o‘tkazdi.

Bahslar yakunida Xitoy vakilining 6:3 hisobida g‘alabasi qayd etildi va u shaxmat toji sohibiga aylandi.

To‘qqizinchi partiya 46-yurishdan keyinoq xitoylikning mag‘lubiyati bilan tugagan. Bungacha o‘tkazilgan 8ta partiyaning 4tasida durang, to‘rttasida 22 yoshli xitoylik shaxmatchi qizning g‘alabasi qayd etilgandi.

Reglamentga ko‘ra, 10ta partiya o‘tkazilishi, 5:5 hisobi qayd etilsa, qo‘shimcha partiyaga o‘tilishi belgilangandi.

Qayd etish kerakki, Xou Ifan 2010-2012 va 2013-2015 yillar davomida ham jahon chempionligi unvonini o‘zida saqlab turgan.

Jahon chempioni bunga da'vogarlarlar bilan o‘yinlar natijasiga ko‘ra ma'lum bo‘ladigan erkaklar o‘rtasidagi shaxmatdan farqli ravishda, ayollar o‘rtasida chempion aralash sxemada aniqlanadi. 2010 yildan beri ular o‘rtasidagi jahon chempionatlari nokaut tizimida o‘tkazib kelinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: