Venesuelaning janubi-sharqida 18 nafar konchining jasadi topildi

Jahon 10:40 / 15.03.2016 1018

Venesuela hukumati mamlakat janubi-sharqidagi Tumeremo tumanidagi kondan konchilarning jasadi topilganligini ma'lum qildi. 14 mart kuni milliy telekanal orqali Boliviya Respublikasi prokurori Luis Ortega Diasning so‘zlariga ko‘ra, gap 18 nafar halok bo‘lgan konchi ustida bormoqda.

“Ayni damda gap 21 nafar odam haqida borayotganiga ishonchimiz komil, — dedi Dias. — Biz Nuevo-Kalyao yaqinidagi joydan jasad qoldiqlarini topdik”.

Bosh prokurorning so‘zlariga qaraganda, ayni damda, voqea joyida mutaxassislar guruhi, jumladan, sud-tibbiyot xodimlari ishlamoqda. Diasning ta'kidlashicha, Tumeremoda ayni damda nima bo‘lganligini aniqlash va aybdorlarni jazolash lozim.

Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, konchilarni qurollangan noma'lum kishilar otib tashlagan. Bunga kondan topilgan oltinlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: