Venesuela prezidenti tomonidan yanvar oyi o‘rtasida mamlakatda oziq-ovqat yetishmovchiligi tufayli 60 kun muddatga e'lon qilingan favqulodda holat muddati yana 60 kunga uzaytirish haqidagi farmoyish qabul qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatgan.
Prezident Nikolas Maduroning bu haqdagi qarori hukumat rasmiy nashri bo‘lmish Gaceta Oficial gazetasida e'lon qilingan.
Maduro bu qarorini "Venesuela aholisini iqtisodiy urushdan himoya qilish" bilan izohlagan.
Endilikda Venesuela Milliy assambleyasi ushbu farmoyishni 8 kun ichida muhokama qiladi.
Yanvar oyida qabul qilingan hujjatda aholini eng zarur mahsulotlar bilan ta'minlash, xususiy va davlat kompaniyalariga ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish talabini qo‘yish, import shartlarini o‘zgartirish, soliq to‘lashdan qochishga qarshi kurash va boshqa choralar ko‘zda tutilgandi.
Venesueladagi vaziyat inflyatsiya va davlat daromadlari pasayishi fonida yuz bermoqda. Bunga neft bahosi tushishi sabab bo‘lgan. Muxolifat deputatlarining aytishicha, mamlakatda asosiy mahsulotlar bo‘yicha tanqislik 87 foizga yetgan. Oziq-ovqat sohasidagi natsionalizatsiya qilingan va hozirda mahsulot ishlab chiqarmayotgan korxonalar soni 300tani tashkil etgan.