1 apreldan Toshkentda issiq suv ta'minoti va markaziy isitish tizimiining yangi tariflari joriy etiladi. Mazkur ma'lumot “Toshissiqquvvati” korxonasi tomonidan tasdiqlangan.
Bu haqda "Vecherniy Tashkent" va "Toshkent oqshomi" gazetalarida e'lon qilingan.
Yangi tarif bo‘yicha issiq suv ta'minoti hisoblagich bo‘lgan holatda bir metr kub uchun 3174,05 so‘mdan 3459, 90 so‘mgacha oshiriladi (9 foiz). Hisoblagich o‘rnatilmagan uylarda esa bir kishi uchun bir oyga 12395,4 so‘mdan 13511,73 so‘mga oshadi. Dushxonasi umumiy bo‘lgan yotoqxonalarda — bir kishi uchun narx 10051,42 so‘mni tashkil etadi (hozir 9220,98 so‘m).
Markaziy isitish tarifi esa 1 kv metr uchun 1073,06 so‘mdan 1169,70 so‘mga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta 2015 yilning 1 oktabrida issiq suv ta'minoti va markaziy isitish tizimining tariflarioshirilgan edi.
O‘tgan yilda issiq suv tariflari ikki marta, markaziy isitish tariflari esa uch marta (1 may, 1 avgust va 1 oktabrda) qimmatlashgandi. O‘tgan yilning 1 apreli bilan solishtirganda issiq suv tariflari 27,83 foizga, isitish tariflari esa 38,48 foizga oshgan.