Toshkent shahridagi Inha universitetining IUT markazi biznes hamkorlikni yanada rivojlantirishga turtki bo‘ladi

O‘zbekiston 18:42 / 15.03.2016 1948

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) o‘quv yurtining mahalliy va xorijiy IT kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun Innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyalari markazini ochdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti Innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyalari markazi direktori Sanjar Saidxodjayev IUTning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bilan ushbu markaz va uning maqsadlari to‘g‘risida suhbatlashdi.

— Innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyalari markazini ochish fikri qanday paydo bo‘lgani haqida so‘zlab bersangiz?

— Axborot texnologiyalari sohasi iqtisod sohalarining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir.

Bozorda doimiy ravishda yangidan yangi dasturlar va texnologiyalar paydo bo‘lmoqda. Mavjud texnologiyalar va yechimlar esa eskirmoqda.

Bularning hammasi o‘z vaqtida, mutaxassislarni tayyorlashda, AT bozorining rivojlanish tendensiyasi va dinamikasini hisobga oluvchi usullar va dinamikasini hisobga olib muntaxam yangilanib borishi kerak.

Tarmoqni rivojlantirish uchun yuqori malakali va professional kadrlar kerak. Bugun kompaniyalar mutaxassislarga judayam talabchan. Ta'limdan tashqari mutaxassislar tahliliy fikrlash, tanqidiy o‘ylash va muammolarni hal qilish, hamda jamoada ishlash ko‘nikmalari bilan birga tadbirkorlik ruhiga ham ahamiyat bermoqdalar.

Bunday kadrlarni tayyorlash uchun nazariyadan dars berish yetarli emas. Talabalar o‘z ko‘nikmalarini real AT-loyihalardagi ishtiroklari orqali yaxshilab boradilar.

Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyalari markazi universitet ilmiy-tadqiqot va innovatsiya salohiyatini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat natijalarining tijoratlashuvini ta'minlash va talabalarni dasturiy ta'minotlarni yaratishga jalb qilish orqali professional bilimlari va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, hamda AT sanoati bilan hamkorlikni kengaytirish uchun tashkil etildi.

Markaz IUTda professional talimni yangi bosqichga ko‘tarish uchun shart-sharoitlar yaratadi va talabalarni yangicha fikr yuritish va kerakli professional ko‘nikmalarni rivojlantirishga ko‘mak beradi. Bunda ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyat yetuk mutaxassislarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Markaz faoliyatiga jalb etilgan talabalar o‘qish bilan birga, ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Shu bilan birga ular yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga imkoniyat yaratiladi.


— Markaz qanday yo‘nalishlar va qanday faoliyat olib boradi?

— Toshkent shahridagi Inha universiteti kompyuter injiniring va dasturiy injiniring yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi.

Talabalar axborot texnologiyalarining asosi bo‘lgan ma'lumotlar bazasini yaratish, o‘zgartirish, qayta ishlash, uzatish, saqlash, tahlil qilish, boshqarish va undan foydalanishni o‘rganadilar.

Ular asosiy dasturlash tillarini, hamda kompyuter va dastriy tizimlar arxitekturasini, tizim integratsiyasini ham o‘rganadilar.

Universitet shu bilan birga simli va simsiz aloqa, dasturiy ta'minotni uskunalarga integratsiyasi kabi mavzularda ham nazariy va amaliy o‘rganish uchun kurslarni taklif qiladi.

Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlardan kelib chiqib, Innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyalari markazi dasturlar, mobil ilovalar (Android, iOS va Windows platformalarida), veb saytlar yaratish va boshqa yo‘nalishlarda o‘z xizmatini taklif etadi.

Markaz ilmiy tadqiqotlar olib boradi va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqaradi va ularning natijalarini korporativ va iste'mol bozorlariga joriy etadi.

Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bu talabalarning startaplari (tashabbuslari)ni qo‘llab-quvvatlash bo‘ladi. Markaz talabalarga startaplarni yaratish va boshqarish bo‘yicha maslahatlar beradi va mutaxassislarni jalb qilgan holda startaplarni tahlil etadi. Startaplar shu bilan birga moliyaviy, yuridik va texnik ko‘mak hamda AT bozori mutaxassislaridan maslahat va takliflar oladilar.

Biz ta'lim haqida ham unutmadik. Muvaffaqiyatga erishish uchun, startap mualliflari tadbirkorlik, biznes reja, marketing, intellektual mulkni himoya etish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak. Markaz sohaning yetuk mutaxassislarini jalb etgan holda talabalarning zamonaviy bozor talablariga javob beruvchi tadbirkorlik va professional ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun turli tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirgan. Markaz shu bilan birga startaplarga sarmoya jalb etishga ko‘mak beradi.

Markaz faoliyatining yana bir yo‘nalishi talabalarni AT loyihalarini amalga oshirishga jalb etish bo‘ladi. Bu yo‘nalishda mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan yaqindan hamkorlik qilamiz.

— Markaz kompaniyalar bilan qanday hamkorlik qiladi va talabalarni real loyihalarga qanday jalb etmoqchisiz?

— Innovatsiyalar va sanoat kooperatsiyalari markazi mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik uchun ochiq. Biz hamkorlikning turli shartlarini ko‘rib chiqishga tayyormiz. Biz har bir hamkorga alohida yondashamiz.

Bizning axborot tizimlari va dasturlar ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot olib borish, axborot texnologiyalari sohasida axborot-tahliliy va maslahat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha tender va tanlovlarda ishtirok etish niyatimiz bor.

Hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirish orqali talabalarning ko‘nikmalarini yaxshilashga va ularni real sharoitlarda ishlashlari uchun tayyorlanish imkoniyatlarini yaratamiz. Shu bilan birga, hamkor kompaniyalar o‘zlariga kerak bo‘lgan va mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun tayyor dasturni oladilar. Bu hamkorlikdan barcha – universitet, talabalar va korxonalar – foyda ko‘radilar. Bu autsorsing sohasini rivojlanishiga ham turtki bo‘ladi.

Bunday loyihalar orqali kompaniyalar o‘zlari uchun mutaxassis tayyorlashlari mumkin. Talabalar o‘qishni bitirgach bu kompaniyalarda ishlashga tayyor bo‘ladilar. Korxona rahbariyati esa mutaxassis va uning imkoniyatlari haqida ma'lumotga ega bo‘ladilar.

Ko‘proq yangiliklar: