Telefonlarni yotoqxonada quvvatlash semirishga olib keladi

Fan-texnika 10:36 / 15.03.2016 1314

Insonlarda metabolizm jarayoni sekinlashmasligi uchun shifokorlar xonadan barcha planshet va mobil telefonlarni olib tashlashni tavsiya etishdi.

Turli xildagi gadjyetlarni yotoqxonada quvvatlash inson tanasining haddan ziyod vazn to‘plashiga sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Bu haqida Ispaniyaning Granada universiteti olimlari xabar berishdi.

Ularning qayd etishicha, sog‘liq bilan bog‘liq muammolar qurilmalarni qorong‘u xonada quvvatga qo‘yish jarayonida hosil bo‘luvchi ko‘k nur natijasida kelib chiqaradi.

Tadqiqotchilar bu kabi nurlanish inson kayfiyatiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, shifokorlar uyqu jarayonini ta'minlovchi melatonin, garmonlar xona butunlay qorong‘u bo‘lgandagina yaxshi harakatlanishini ta'kidlashdi. Yotoq va dam olish xonalarida gadjyetlarni quvvatlash tungi hordiq va tush ko‘rishning buzilishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli insonda metabolizm jarayoni sekinlashmasligi uchun xonadan barcha telefon va boshqa qurilmalarni olib qo‘yish lozim.

Ko‘proq yangiliklar: