Suriyada besh yilda 88 nafar jurnalist o‘ldirilgan

Jamiyat 18:41 / 15.03.2016 1345

Jahon hamjamiyatini mojaroli hududlarda matbuot xodimlarining xavfsizligini ta'minlash uchun samarali chora-tadbirlar ko‘rishga chorlovchi Press Emblem Campaign (PEC) nodavlat tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, Suriyada besh yil davomida 88 jurnalist, ulardan 13 tasi o‘tgan yili qatl etilgan. 2016 yil yanvaridan buyon esa yana ikki jurnalist o‘ldirilgan va bir nechasi jarohatlangan.

PECning bayon qilishicha, Suriya to‘rt yildan buyon ketma-ket “OAV xodimlari uchun eng xavfli mamlakatlar qatori”ga kiradi. U yerda omma oldida reportyorlarning boshlarini olishgan, otib tashlashgan. Jurnalistlar taraflar otishmalarida halok bo‘lganlar, asir olinib, mojaroning barcha ishtrokchilari tomonidan qiynoqqa solinganlar.

Jurnalist-qurbonlar soni juda ko‘p mamlakatlar qatoriga Afg‘oniston, Iroq, Pokiston va Yaman ham kiradi, deb xabar beradi TASS.

PEC 2004 yilda tashkil topgan bo‘lib, BMT qoshidagi maslahat berish tashkiloti maqomiga ega. Jurnalistlar o‘rtasida qurbonlar soni haqida ma'ruzalar tayyorlab, notinch mamlakatlarda matbuot xodimlarining xavfsizligini ta'minlash borasida jamoatchilikni jiddiy choralar ko‘rishga chorlaydi.

Bundan tashqari, tashkilot fikrni erkin ifodalash yoki jurnalist etikasi buzilishi holatlarida ham o‘z munosabatini bildirishga harakat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: