Snickers erkaklar uchun shokolad iforli parfyum chiqaradi

Jamiyat 11:23 / 15.03.2016 3876

Butun dunyoga o‘z batonchiklari bilan mashhur Snickers erkaklar parfyumini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. U shokolad iforga ega bo‘ladi.

Bu xabar brend tomonidan rasman tasdiqlanmgan. Ammo internetda “Yaqin kunlarda Snickers o‘zgaradi”, degan shiorda reklama roligi paydo bo‘ldi. Rolik davomida ayol kishining “Snickers sening tanangda”, deb kuylashiga guvoh bo‘lish mumkin.

Videorolik batonchik reklamasidan ko‘ra, parfyum reklamasiga ko‘proq o‘xshab ketgan.

Shu o‘rinda ma'lumot uchun, Snickers ilk bor 90 yil muqaddam AQShda paydo bo‘lgan. 1930 yildan ommaviy sotuvga chiqqan. O‘zbekistonga esa 90-yillarda kirib kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: