Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning ma'lum qilishicha, Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari Suriya hududida amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar natijasida 209ta neft obektini hamda 3 mingga yaqin neft mahsulotlari yetkazib beruvchi vositalarni yo‘q qilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan.
Bu haqda u Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda ma'lum qilgan.
"Bizning aviatsiyamiz 209ta neft qazib olish, qayta ishlash va yoqilg‘i olish obektlarini yo‘q qildi. Shuningdek, jangarilarning 2912ta neft mahsulotlarini tashish va yetkazib berish bajarilgan vositalarini ishdan chiqardik", degan u.
Vazirning qayd etishicha, bu harakatlar xalqaro terrorizmga qarshi kurash doirasida olib borilgan va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga amal qilingan.