Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Federatsiya Kengashi qo‘mitasi raisi Viktor Ozerovning ma'lum qilishicha, Rossiya S-400 zenit-raketa komplekslarini Suriyada yana ma'lum muddatga qodirishi mumkin.
Shuningdek, Ozerovning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada Rossiyaning o‘rtacha 800 kishidan iborat ikkita bazasi - havo harbiy va dengiz harbiy kuchlari qoladi.
Jumladan, Rossiya havo razvedkalarini olib borish huquqini ham saqlab qoladi, shu sababli bir necha samolyotlar ham hozircha Suriyada qoldiriladi, deb xabar beradi “Interfaks”.