Ispaniyalik tennischi, jahon professional tennischilar Assotsiatsiyasi (ATP) reytingida 5-o‘rinni egallab turgan Rafael Nadal o‘ziga nisbatan doping qabul qilgan deya ayblov qo‘ygan Fransiya sobiq sport vaziri Rozelin Basheloni sudga berishini ma'lum qildi. Bunga sobiq vazirning tennischini doping qabul qilishda ayblagani sabab hisoblanadi. Bu haqda Newsweek xabar tarqatdi.
"Men 100 foiz haqman. Bir necha marta menga ayblov qo‘yilgani haqida eshitdim. Lekin bu safargisi oxirgisi bo‘lishi kerak. Shuning uchun, Bashloni sudga berib, tuhmat qilishning oqibatini ko‘rsatib qo‘ymoqchiman. Aytishni istardimki, men o‘zimga tuhmat qilgan istalgan kishiga qarshi sudlashishim mumkin", deydi Nadal.
8 mart kuni Bashelo D8 telekanaliga bergan intervyusida 29 yoshli ushbu sportchining 2012 yilda 7 oy mobaynida tennis musobaqalarida ishtirok etmaganiga doping bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lganini ma'lum qilgandi. Lekin u o‘z so‘zlari uchun dalil keltirmagan.
"Hammamiz bilamizki, Nadalning jarohati aslida doping-tekshiruvning ijobiy natija berganida. Tennischi bir necha oy o‘ynamaganiga uning doping-testdagi muvaffaqiyatsizligi sabab bo‘lgan. Har doim ham emas, lekin tez-tez", - deya ta'kidlagandi Bashelo.
Nadal hozirda Amerikanining Indian-Uells shahrida bo‘lib o‘tadigan turnirga bor e'tiborini qaratgan. Musobaqadan keyin u Basheloni yolg‘on xabar tarqatgani uchun sudga berishni maqsad qilib qo‘ygan.