Peskov: Rossiya mudofaa vazirligining Suriyadagi bazalari qoladi va yarashuvga amal qilinishini kuzatadi

Jahon 09:57 / 15.03.2016 855

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Suriyadan olib chiqilishiga qaramasdan, Suriyada aviatsiya va harbiy bazalar qoldirilishini va yarashuv tartibiga amal qilinishini kuzatishini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Gap Rossiya guruhining olib chiqilishi boshlanishi haqida ketmoqda, ya'ni Rossiya guruhi olib chiqiladi. Biroq Hmaymimdagi aviatsiya bazasi va Tartusdagi harbiy-dengiz bazasi qoladi. Bosh qo‘mondoning buyrug‘i bilan bu obektlarning havo, quruqlik va dengizdan to‘liq xavfsizligi ta'minlanadi. Bu obektlar o‘t ochishni to‘xtatish shartlariga amal qilinishini kuzatish vazifasini bajaradi”, deb aytdi Peskov.

Peskov Suriyadan qo‘shinlarning olib chiqishni boshlash masalasi boshqa davlatlar yetakchilari, jumladan Suriya prezidenti Bashar Asad bilan muhokama qilinmaganini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Vladimir Putin Suriyadan qo‘shinlarning olib chiqilishiga buyruq bergani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: