Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Suriyadan harbiy-kosmik kuchlarini olib chiqishi bilan Suriya prezidenti Bashar Asadga bosim ko‘rsatmayapti. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.
“Yo‘q, mumkin emas”, — dedi Peskov. U Rossiyaning bu qadamini Jyenevada o‘tgan Suriya masalasida rasmiy Damashqning tutgan o‘rnidan norozi bo‘linganligi bilan yo‘yilgan savolga ana shunday javob bergan.
U, shuningdek, rus harbiylarining Suriyadan olib chiqib ketilishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qarori bilan emas, balki muzokaralar natijasi ekanligini ta'kidlab o‘tgan.