OAV: Anonymous xakerlar guruhi Donald Trampga qarshi urush e'lon qildi

Jahon 16:58 / 15.03.2016 1624

Anonymous xalqaro xakerlar guruhi Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ygan milliarder Donald Trampga qarshi “Total urush” e'lon qildi.

Britaniyaning The Independent gazetasining ma'lum qilishicha, faollar shunga taalluqli videorolikni internetga joylashtirilgan.

"Biz uning veb-saytlariga hujum qilamiz, u odamlardan nimani yashirayotganini tekshirib ko‘ramiz. Biz uning saylovoldi kampaniyasini batamom yakson etib tashlashga majburmiz", - deb xakerlar so‘zidan iqtibos keltiradi nashr. "Kompyuterga tushunadigan har bir kishini ushbu operatsiyada ishtirok etishga chaqirib qolamiz. Bu ogohlantirish emas, balki bu total urushdir”, — dedi kiberfaollar murojaatda.

Ko‘proq yangiliklar: