Namangan viloyati: Navro‘z tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston 13:46 / 15.03.2016 2258

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 19 fevraldagi «2016 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi tomonidan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, jonli suhbat va muloqotlar, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.

«Navro‘z – shukronalik va ezgulik ayyomi», «Navro‘z – yangilanish va poklanish bayrami», «Xush kelding, Navro‘zi olam!», «Navro‘zing muborak, ey ona Vatan!», «Navro‘z – eng ardoqli, asl milliy bayramimiz» kabi mavzularda o‘tkazilayotgan tadbirlarda olimlar, madaniyat, adabiyot va san'at namoyandalari, mutasaddi hodimlar va yoshlar ishtirok etdi.

Jumladan, Namangan viloyatida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, jonli suhbat va muloqotlar, targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazining viloyat, shahar va tumanlar bo‘limlari rahbar va xodimlari faol ishtirok etib, tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazilishini ta'minlash choralarini ko‘rmoqda.

Bayramoldi uchrashuvlari, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari joylarda reja asosida davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: