Misr milliy valyutasining qadrini pasaytirdi

Iqtisodiyot 17:34 / 15.03.2016 2198

Misr Markaziy banki 14 mart kuni Misr funtini deyarli 13 foizga arzonlashtirdi.

Shu kunda Misr Markaziy banki banklar aro valyuta kimoshdi savdosida bir Amerika dollarini 8,85 Misr funtiga tenglashtirib, 200 million dollarni sotib yubordi.

Ushbu savdoga qadar bir dollar 7,73 funtga teng edi, deb xabar beradi vestifinance.ru.

Misr MBning rasmiy matbuot-relizida aytilishicha, milliy valyuta devalvatsiyasi haqidagi qaror valyuta bozorida talab va taklif munosabatlarini mo‘'tadillashtirish maqsadida qabul qilindi.

Xorij sarmoyalari hajmini oshirishdan tashqari, Misr iqtisodiyoti holatiga salbiy ta'sir etayotgan dollar tanqisligi muammosini yengillashtirish uchun ham funt qiymati pasaytirildi.

2011 yildan boshlab Misrning valyuta zaxirasi 50 foizga kamaygan. So‘nggi paytlarda uning hajmi 16 milliard dollar darajada mo‘'tadillashdi.

Mamlakat hududida sodir bo‘lgan terrorchilik harakati va rossiyalik sayyohlar uchayotgan “Kogalymavia” aviakompaniyasi laynerining portlashi oqibatida xorijdan keladigan dam oluvchilar sonining keskin kamayishi ham Misr iqtisodiyotida valyuta tanqisligi muammosini yanada jiddiylashtirdi.

Ko‘proq yangiliklar: