Kremlda Rossiya harbiy kontingentining Suriyadan olib chiqilishi mamlakat prezidenti Putinning qarori ekani, bu qaror muzokaralar natijasi emasligi aytildi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.
"Bu oliy bosh qo‘mondon hisoblanadigan Rossiya prezidentining Suriyadagi kontingent faoliyati yakunlari bo‘yicha qabul qilgan qarori. Ya'ni, erishilgan natijalardan kelib chiqib, prezident qo‘yilgan asosiy maqsad umuman olganda bajarilgani to‘g‘risidagi xulosaga keldi. Shuning uchun Suriyadan chiqish qarori qabul qilindi. Bu qaror muzokaralar chog‘ida qilingan muhokamaning bir qismi emas", — deya ta'kidlagan Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
U shuningdek, Moskva Suriya rahbari Bashar Asadga Rossiya aviaguruhining olib ketilishi bo‘yicha bosim o‘tkazmaganini bildirgan.
Putin Rossiya qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni boshlashga buyruq berdi
Xmeymimdagi bazadan Rossiya HKK samolyotlarining ilk guruhi olib ketildi