Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) terma jamoani ayni vaqtda boshqarib turgan Antonio Konte 2016 yilning yozida Fransiya maydonlarida o‘tkaziladigan Yevropa chempionatidan keyin termani tark etishi haqida rasman ma'lum qildi. Football Italia xabariga ko‘ra, bu haqda maxsus tashkil etilgan matbuot anjumanida e'lon qilingan.
Bundan oldinroq, ushbu mutaxassis terma jamoa bilan kelishuvni davom ettirmasligi va yozda Londonning "Chelsi" jamoasi boshqaruviga tayinlanishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Londonliklar jamoasini ayni vaqtda boshqarib turgan Guus Xiddink 2015 yilning 17 dekabrida Mourino o‘rniga mavsum yakunigacha ishlash uchun taklif etilgandi.
Italiya terma jamoasigacha Konte Turinning «Yuventus» jamoasini 3 mavsum davomida boshqargan va 3 marta ichki chempionatda g‘olib chiqib, 2 marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgandi.
Abramovich "Chelsi" futbolchilariga yozda yangi murabbiy kelishini aytdi
OAV: Roman Abramovich muzokaralar o‘tkazish uchun Konte bilan uchrashadi