Shimoliy Koreya raketani atmosferaning zich qatlamlariga qaytarish texnologiyasini egallab oldi. Koreya markaziy telegraf agentligining ma'lum qilishicha, bu haqda mamlakat yetakchisi Kim Chen In ma'lum qilgan. U jangovar kallak uchining termobarqarorligini va qoplamaning issiqbardosh materialining eroziyaga uchrashini baholash bo‘yicha sinov o‘tkazishni buyurdi.
“Biz mahalliy texnologiyalar yordamida raketani atmosferaning zich qatlamlariga qaytarish texnologiyasini ishlab chiqdik. Bu texnologiyaga bir necha harbiy davlatgina ega. Shu tariqa biz ballistik raketalarni ishlab chiqarish texnologiyasida ulkan taraqqiyotga erishdik”, deb aytdi Kim Chen In. Shimoliy Koreya yetakchisi yaqin orada yadroviy jangovar kallak va bir necha turdagi ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazishga buyruq berdi. Uning aytishicha, “Shimoliy Koreyada yaratilgan zarba beruvchi vositalar mamlakatning qudrati va shon-sharafini namoyish qiladi”.
Kim Chen In “may oyi boshida bo‘lib o‘tadigan Koreya mehnat partiyasining 7-qurultoyi oldidan raketalar ishlab chiqarish va yadroviy texnologiyalarni modernizatsiyalashda katta yutuqlarga erishgan” mudofaa sanoati xodimlarini olqishladi.