RF ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev analitiklar fikri asosida qayd etilgan jinoyatlarning kelgusi o‘sishini bashorat qilish mumkinligi ma'lum qildi.
2015 yilda IIV organlariga 30 milliondan ortiq jinoyat haqida xabarlar kelib tushgan, deb xabar beradi RIA Novosti.
Endi bu ko‘rsatkichning 8,6 foizga o‘sgani IIV xodimlari zimmasidagi vazifalarni og‘irlashtirdi.
Kolokoltsevning so‘zlariga ko‘ra, politsiyaning jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun zaxirasi qolmagan.
Vladimir Putin IIV kollegiyasida so‘zga chiqqanda, Rossiyada “jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatni tubdan o‘zgartirish” imkoni bo‘lmaganini tan oldi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada har ikkinchi jinoyat ochilmay qoladi.