Hindistonning ONGC Videsh (OVL), Indian Oil Corporation (IOC), Oil India (OIL) va Bharat PetroResources (BPRL) davlat neft kompaniyalari Rossiyaning “Rosneft” davlat kompaniyasi bilan 2 milliard dollarlik kelishuv imzolashni maqsad qilgan.
Hind kompaniyalari Rossiya kompaniyasining ikkita neft konlari – Taas-Yuryax va Vankordan ulush olishni rejalashtirganlari haqida Financial Express nashri xabar berdi.
Kelishuvni imzolash uchun Hindistonga “Rosneft” rahbari Igor Sechin shaxsan tashrif buyuradi.