Gretsiyadan Makedoniyaga suzib o‘tmoqchi bo‘lgan uch afg‘on cho‘kib ketdi

Jahon 11:19 / 15.03.2016 984

Afg‘onistonlik bo‘lgan uch muhojir Gretsiyadan oqib o‘tuvchi daryodan suzib, Makedoniyaga o‘tqmoqchi bo‘lganida, cho‘kib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda Makedoniya gazetasi bo‘lmish “Vest” o‘z saytida e'lon qilgan.

Nashr tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, voqea Suva daryosida sodir bo‘lgan. Gevgeliya shahri yaqinida joylashgan Moin qishlog‘ida 27 yoshli homilador ayol, 17 yoshli uning singlisi va ularning qarindoshi bo‘lmish erkak kishining jasadi topildi.

Mahalliy politsiya va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari daryodan kechib o‘tishga uringan 23 muhojirga yordam ko‘rsatgan. Ular tranzit lagerga ko‘chirilgan. Guruhdagi to‘rt kishi jarohatlangan va mahalliy shifoxonaga olib ketilgan.

Ko‘proq yangiliklar: