Fransiya Kot-d'Ivuardagi hujumda 4 fuqarosi halok bo‘lganini tasdiqladi

Jahon 10:16 / 15.03.2016 928

Fransiya hukumati Kot-d'Ivuarda terrorchilar hujumi oqibatida 4 fuqarosi halok bo‘lganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, “Al-Qoida” terrorchilik guruhining hujumi oqibatida 18 kishi, jumladan 3 nafar harbiy bo‘lgan.

Avvalroq Fransiya prezidenti Fransua Olland Kot-d'Ivuardagi plyajda sodir etilgan hujumni “qo‘rqoqlarga xos hujum” deb atagandi. Gran-Bassam shahridagi kurort zonasiga hujum 13 martda sodir etildi

Ko‘proq yangiliklar: