Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif mamlakat ballistik raketani qo‘llashi BMT Xavfsizlik Kengashi hamda Eron yadro dasturi talablarini buzmasligini ta'kidlab o‘tdi. Ayni damda Eron TIV rahbari kanadalik hamkasbi Juli Bishop taklifi bilan Kanberrada bo‘lib turibdi.
“Raketani qo‘llash balki BMT XK 1929 rezolyutsiyasini buzishi mumkindir, ammo u allaqachon o‘z kuchini yuqotgan, — deb eslatib o‘tdi eronlik vazir. — Ayni damdagi XK 2231 rezolyutsiyasida ushbu turdagi raketalarni qo‘llashni taqiqlaydi. Ammo qachonki o‘sha raketa yadro quvvatga ega bo‘lsa. Ammo biz uchirgan raketada hech qanday yadro quvvati yo‘q.
“Eron hech qachon boshqa bir davlatga nisbatan o‘z harbiy qurollarini qo‘llamaydi, — deb ta'kidladi Muhammad Javod Zarif. — Bizdagi barcha qurollar faqatgina mudofaa tizimida qo‘llanilishi mumkin.