Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibining qizi Liza Peskova Instagramdagi sahifasida mamlakatdagi ta'lim tizimini isloh qilish lozim, deb ma'lum qildi.
Uning fikricha, maktabda o‘qish davomida olingan ortiqcha ma'lumotlar imtihondan so‘ng kerak bo‘lmay qoladi.
Davlat ta'lim standartlari o‘ta og‘ir, o‘quvchi-talabalarni toliqtiradi va aksariyati, umuman nokerak fanlar va mavzulardan iborat. Imtihon savollari esa dohiylar uchun tuzilgan, shuning uchun hamma tayyor javoblarni topishga yoki sotib olishga harakat qiladi, deb hisoblaydi u.
Rossiyada o‘qitish tizimi to‘g‘risida nolir ekan, Liza Fransiya ta'lim tizimini namuna sifatida ko‘rsatdi, deb xabar beradi “Mel” nashri.
18 yoshli Liza Peskova 2015 yilda otasi – RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov – va olimpiya chempioni Tatyana Navkaning nikoh to‘yi munosabati bilan OAVga bergan qator intervyulari orqali el og‘ziga tushgan edi.
Avvalroq Liza otasi uning MDUda o‘qib, Rossiyada yashashini xohlasa ham, uning o‘zi Parijni orzu qilishini ma'lum qilgandi.