Buyuk Britaniyada shifokorlarni chaqiradigan “aqlli” chiqindi chelaklari paydo bo‘ladi, deb xabar bermoqda The Telegraph.
Nashrning yozishicha, ushbu chelaklar maxsus sensorli datchiklar bilan jihozlangan. Agar biror-bir qariya ikki hafta mobaynida chiqinli tashlagani chiqmasa, datchik bu haqida shifoxonaga xabar beradi.
Bu tashabbus Nesta fondi va xukumat tomonidan tashkil etilgan davlat xizmatlari tomonidan ishga tushirildi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, keyingi o‘n yil mobaynida Buyuk Britaniyadagi barcha chiqindi chelaklari ana shunday datchiklar bilan jihozlanadi.