Suriyalik qochqinlarni qabul qilib olayotgan davlatlar ularga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lishlarini va himoyani ta'minlab berishlari kerak bo‘ladi. Bu haqda BMT kengashi sessiyasida Suriyada inson huquqlari buzilishini tekshirish komissiyasi raisi Paulu Serjiu Pineyru aytib o‘tgan.
Rais sessiyada navbatdagi hisobotni taqdim etar ekan qochqinlar soni “5 mln suriyalik qochqinga boyigani” haqida gapirib o‘tdi. Ularning aksariyati Suriyaga qo‘shni bo‘lgan davlatlardan, “millionga yaqini esa Yevropadan panoh topgan”. - dedi Pineyru.