Germaniya poytaxti Berlin shahri sharqidagi Sharlottenburg tumanida avtomobil portlab ketdi. RIA Novosti nashri xabariga ko‘ra, bu portlash tufayli avtomobil ichidagi shaxs halok bo‘lgan.
Mahalliy politsiyachilar mashinada portlovchi modda bo‘lganini taxmin qilishmoqda.
Hodisa yuz bergan hududni politsiyachilar o‘rab olishgan. Hudud aholisiga uylarning derazalaridan bosh chiqarmaslik, uylarning balkonlariga chiqmaslik so‘ralgan.