Apple Watch aqlli soatlari kanadalik quruvchini “o‘limdan saqlab qoldi”, deb yozmoqdaThe Sun nashri.
Qurilish ketayotgan bir vaqtda grippning dastlabki davridagi darmonsizlikni boshidan o‘tkazayotgan Dennis Anselmo birdan o‘zini yomon his qilib qoladi. U qo‘lidagi Apple Watch soatini tekshirib ko‘rganda gadjyet ko‘rsatkichlari uning yuragi daqiqasiga 210 marta urayotganini ko‘rsatayotgan edi.
Anselmo darhol shifokor chaqiradi. Shifokor agar vaqtida unga murojaat qilmaganida shu kecha u ikkinchi yurak hurujini boshidan kechirishini ma'lum qilgan.
Anselmoning o‘zi soatni shaxsiy kolleksiya uchun sotib olganini bildirib o‘tgan. Ishda, o‘sha vaziyatda, uning yuragi odatiydan ko‘ra, to‘rt marta kuchliroq urayotganini bilib qoladi. Va ana shu sabab uni shifokor chaqirishiga turtki bo‘ladi.