“Gazprom” “Turkmangaz” bilan shartnomaning bekor qilinishiga shartnomaning buzilishi sabab bo‘lganini aytdi

Jahon 09:36 / 15.03.2016 1613

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Turkmanistonning “Turkmangaz” kompaniyasi bilan gaz sotib olishga shartnomaning bekor qilinishiga turkman kompaniyasi tomonidan shartnomaning jiddiy buzilishi sabab bo‘lganini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda “Gazprom” xabarida aytilmoqda.

“2016 yil yanvarida “Turkmangaz” tomonidan jiddiy qoidabuzarlik sababli biz “Turkmangaz”ni shartnomani bekor qilish va Turkmanistondan gaz sotib olishni to‘xtatish haqida ogohlantirganmiz. Biz, shuningdek, “Turkmangaz” bilan narxlarning qayta ko‘rib chiqilishi bo‘yicha taftishni boshladik”, deyilmoqda xabarda.

Rossiya kompaniyasining 4-chorak uchun hisobotida ta'kidlanishicha, 2017 yil iyulda Stokgolm hakamlik sudi “Gazprom”ning “Turkmangaz”dan xarid qilinadigan gaz narxini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha talablari bo‘yicha sud tinglashlari o‘tkazadi.

Ko‘proq yangiliklar: