“AvtoVAZ”ning yangi prezidenti etib Renault’ning Ruminiyadagi bo‘limi bosh direktori tayinlandi

Jahon 16:11 / 15.03.2016 999

“AvtoVAZ”ning yangi prezidenti etib Renault kompaniyasining Ruminiyadagi bo‘limi bosh direktori etib Nikolya Mor tayinlandi. Bu haqda Rossiya kompaniyasi press-relizida xabar qilingan.

Renault-Nissan qo‘shma korxonasi va “AvtoVAZ”ni nazorat etuvchi “Rostex” davlat korporatsiyasi Nikolya Morni “AvtoVAZ” OAJning direktori etib tayinlanganligini ma'lum qiladi. Qaror 2016 yilning 4 aprelidan boshlab kuchga kiradi. Bu Inge Andersson o‘z lavozimidan ozod etildi, — deyiladi ma'lumotda. — Ayni damda 55 yoshli Nikolya Mor Renault kompaniyasining Ruminiyadagi bo‘limi direktori bo‘lib ishlamoqda.

“AvtoVAZ” o‘z modellari qatorini va ishlab chiarishni modernizatsiya qildi, shuningdek, mahsulotlar sifatini oshirdi, — dedi “AvtoVAZ” direktorlar kengashi raisi va Renault-Nissan alyansi prezidenti Karlos Gon. — Nikolya Morning kelishi bilan yuqoridagi ishlarni davom ettiramiz va oldindagi muammolarni, albatta, hal etamiz deb umid qilaman.

Ko‘proq yangiliklar: