Zlatan Ibrahimovich: «Eyfel minorasi o‘rniga mening haykalimni o‘rnatishsagina «PSJ»da qolishga rozi bo‘laman»

Sport 10:38 / 14.03.2016 1507

Fransiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich qanday shartlarga ko‘ra Parij klubi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqida savolga javob qaytardi.

«Bu yerda yana bir yarim oycha zavq olib yashamoqchiman. Mavsumlar oralig‘ida nima bo‘ladi, bilmadim, ammo aytishim mumkin bo‘lgani «PSJ»da qolishim ehtimoli kam.

Nima shart evaziga qolishim mumkin? Klub rahbariyati Eyfel minorasi o‘rniga mening haykalimni o‘rnatishni eplasa, va'ada beramanki – qolaman. Ammo rahbariyat bu ishni qiladi deb o‘ylamayman. Xa-xa!» — deya hazil aralash javob qaytargan shved futbolchisi.

Eslatib o‘tamiz, Ibrahimovich faoliyatini Angliyada davom ettirishni rejalashtirmoqda. Futbolchiga «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqish bildirmoqda. Undan keyin esa futbolchi Devid Bekhemning «Mayami» jamoasida o‘ynash niyatida.

Ko‘proq yangiliklar: