YUNISEF: Suriyadagi mojaro tufayli mamlakatdagi 80 foiz bola jabrlandi

Jahon 18:04 / 14.03.2016 1188

BMTning bolalar fondi bo‘lmish YUNISEF ma'lumotlariga ko‘ra, 80 foiz suriyalik bola, mamlakatda davom etayotgan mojaro tufayli jabrlandi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Ma'lumotda qayd etilishicha, bu borada bolalar sonining ortishi ishga bo‘lgan talabning ko‘chayishi, qurolli guruhlar safida qatnashish va vaqtli turmushga berish bilan izohlangan.

Tashkilot bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Suriyadagi qarama-qarshilik tufayli 250 mingdan ziyod odam halok bo‘lgan. Mamlakatning deyarli yarim aholisi mamlakatni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, Suriyadagi 7 mln bola muhtojlikda umr kechirmoqda.

YUNISEF 2015 yilda bolalar huquqini qo‘pol ravishda buzilgan 1,5 ming holatni qayd etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: