WADA: Meldoniy taqiqlangan preparatlar ro‘yxatidan olib tashlanmaydi

Sport 19:00 / 14.03.2016 1119

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) prezidenti Kreyg Ridining ma'lum qilishicha, meldoniy (mildronat) taqiqlangan moddalar qatorida o‘chirilmaydi.

"Meldoniy taqiqlangan preparatlar ro‘yxatida hamisha qoladi. Bu ro‘yxatni o‘zgartirish sportchilar uchun zararlidir", deya Ridining so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Ayniv vaqtgacha, 14 nafar sportchi bu moddani qabul qilgani aniqlangan. Ular orasida rossiyalik Mariya Sharapova, biatlonchi Eduard Latipov, velopoygachi Eduard Vorganov, figurali uchish ustasi Yekaterina Bobrova, konkida yuguruvchi Pavel Kulijnikov, short-trek ustasi Semen Yelistratov va Yekaterina Konstantinova, voleybolchi Aleksandr Markin kabi sportchilar mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: