Ukrainada mamlakatning sobiq mudofaa vazirlariga qidiruv e'lon qilindi

Jahon 18:41 / 14.03.2016 895

Ukrainada mamlakatning sobiq mudofaa vazirlari Mixail Yejyel va Pavel Lebedevga qidiruv e'lon qilindi. Bu haqda Ukraina bosh prokurori o‘rinbosari, birinchi harbiy prokuror Anatoliya Matios xabar bergan.

Uning aytishicha, ayni vaqtda Yejyel Belarus Mudofaa vazirligi tarkibidagi davolanish muassasasida bo‘lib turibdi. Yejyel davlat mulkini o‘marishda ayblanadi.

Matios Yejyel va Lebedevdan boshqa sobiq harbiy amaldorlarga ham qidiruv e'lon qilingani haqida aytgan. Jumladan, Bosh shtabning sobiq rahbari Ilin. Bu admiral jinoiy tashkilot tashkil etish va dezertirlikda ayblanishi mumkin. Shuningdek, Ukraina Harbiy-dengiz kuchllari kontr-admirali Berezovskiy, uning o‘rinbosari Shakura hamda vitse-admiral Yeliseyev davlatga xiyonat qilganlikda gumon qilinib, qidiruvga berilgan.

Yejyel 2013 yilda o‘sha vaqtdagi mamlakat prezidenti Viktor Yanukovich tomonidan Ukrainaning Belarusdagi elchisi sifatida tayinlangandi. Bungacha u 2010-2012 yillarda mamlakat mudofaa vaziri sifatida ishlagan. 2015 yilning aprelida Petro Poroshenko Belarusdagi elchini ortga chaqirib olish haqida e'lon qilgan.

Pavel Lebedev esa Nikolay Azarov hamda Viktor Yanukovich prezidentligi davrida (2012 yilning dekabridan 2014 yilning 27 fevraligacha) Mudofaa vaziri sifatida ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: