TIV: Anqaradagi terakt tufayli o‘zbekistonliklar jabrlangani haqida ma'lumotlar yo‘q

O‘zbekiston 18:25 / 14.03.2016 1190

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi 13 mart kuni Anqara shahrida yuz bergan terakt oqibatida jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjudligi to‘g‘risidagi ma'lumotga ega emas. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati xabar qiladi.

"14 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elchixonasi 13 mart kuni Anqara shahrida yuz bergan terakt oqibatida jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjudligi to‘g‘risidagi ma'lumotga ega emas", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 13 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:43da, Anqaraning Qiziloy tumanidagi avtobus bekatlarining birida, mamlakat bosh vaziriga qarashli ofis yaqinida, odamlar eng gavjum vaqtida terakt sodir etildi. Minalashtirilgan avtomobil odamlar mingan ikki avtobus o‘rtasida portlatilgan. Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, hozirga qadar 37 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 125 kishi jarohat olgan, 71 kishi kasalxonalarda qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: