KXDR vodorod bombasi zarbasi bilan Manxettenni yo‘q qilib yuborishi mumkinligini tasdiqladi, deb yozadi The Washington Post nashri.
“Agar bizning vodorod bombamizni qita'lararo ballistik raketaga o‘rnatsa va uni Nyu-Yorkdagi Manxettenga yo‘naltirsa, ana unda shahardagi barcha odam halok bo‘ladi. Shaharning esa kuli ko‘kka sovuriladi”, — dedi Shimoliy koreyalik yadrochi-olim Cho Xeng Il.
Nashrning yozishicha, aksari mutaxassislar KXDR o‘z texnik imkoniyatlarini bo‘rttirib ko‘rsatmoqda, deb baholashmoqda.