Resursining asoschisi Stiv Xemmerstoffer iPhone 7 korpusining texnik tasfiri tushirilgan fotosuratni chop etdi. Shu bilan birga tasvir asosida navbatdagi iPhone renderi ham tarmoqlarda paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, suratlar uchun korpuslar yetkazib beruvchi Catcher Technology zavodida olingan. Suratlarda orqa tarafning antenna tagidagi plastik vstavkalari olib tashlanganligini ko‘rish mumkin. Suratdagi tasvirga muvofiq, ular korpusning yuqori va pastki yuzasida bo‘yiga joylashgan bo‘ladi.
Bundan tashqari, suratda kameraning kattalashgan teshigini payqash mumkin. U korpusning chekkasiga yaqin joyda joylashgan bo‘lib, biroz turtib chiqqan. Ayni damda, u yerda ikki kamera joylashadimi yoki modul faqat yangilanadimi, noma'lum. Shuningdek, iPhone 7da quloqchin ulash uchun joyning bo‘lishi ham noma'lum.
Yangi iPhone 7 taqdimoti 2016 yilning kuz faslida o‘tishi rejalashtirilgan.