Rossiya va Xitoy rossiyalik ishlab chiqaruvchilarga Xitoyga oziq-ovqat mahmulotlarini eksport qilishga imkon beradigan internet-maydon yaratadilar. Bu haqda "Kommersant'" gazetasi xabar bermoqda. Gazetaning ma'lum qilishicha, bunda asosiy e'tibor barra oziq-ovqat mahsulotlariga qaratiladi.
Tegishli maydon JD.com xalqaro biznes-guruhi saytida yaratiladi. Bu guruh Xitoydan mahsulotlar sotish va rossiyalik savdogarlarga logistika va marketing bilan yordam beradi. Rossiya eksport markazi bosh direktori Petr Fradkov va JD.com prezidenti Viktor Syuy bu boradagi hamkorlik memorandumini 15 martda imzolashni rejalashtirishmoqda.
Yanvarda Rossiya JD.com orqali bosh kiyimlar eksport qilishni boshlagan, biroq Xitoyga oziq-ovqatlar birinchi marta eksport qilinadi.
Yaratilgan internet-maydon orqali Xitoyga Rossiyaning istalgan hududidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriladi.