Qirg‘izistonning Qorako‘l shahridagi (Issiqko‘l viloyatining ma'muriy markazi) o‘lkashunoslik muzeyida 1978 yilda tasodifan topib olingan, 38 ming yillik mamont dandon tishi va oddiy tishlari saqlanadi. Bu haqda muzeyning ilmiy xodimi Burul Sulaymanova "Sputnik Kyrgyzstan" nashri muxbiriga ma'lum qildi.
10 martda mahalliy aholi Jyerg‘alan daryosidan 30 metr narida "Otradnoye" qishlog‘i hududida jarlik devorida mamontga o‘xshash qadimiy hayvonning suyaklarini topishgan. Bu joy Qorako‘ldan taxminan 25 km uzoqlikda joylashgan.
"Bu suyaklar 1978 yilda Oq-Bulun kishlog‘i yaqinida Jyerg‘alan daryosi bo‘yida qurilish tashkiloti tomonidan topilgan. Taxminan, bu hududda bir necha mamontning suyaklari bo‘lgan bo‘lishi mumkin, biroq muzey eksponati sifatida faqat shu suyaklarnigina saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan", deb aytdi Sulaymanova.
Sulaymanova topilgan suyaklar o‘tgan asrning 70-yillarida olimlar topa olmagan paleontologik obektlar toifasiga tegishli ekanini taxmin qildi.
Suyaklar topilgan joy to‘sib qo‘yildi, obekt huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonidan qo‘riqlanmoqda. Issiqqo‘l viloyati muxtor vakili Asxat Akibayev qazilma ishlari va suyaklarning o‘rganilishi jarayonini o‘z nazoratiga oldi.