AQShning yirik farmatsevtika kompaniyasi bo‘lmish Pfizer yo‘talga qarshi mashhur Corex dori vositasini Hindistonda sotishni to‘xtatishini ma'lum qilgan. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Hindiston hukumati ushbu dori vositasi mamlakatda 30 yildan beri muvaffaqiyatli sotib kelinayotganiga qaramay, uning mamlakat hududida sotilishini taqiqlagan. Mutaxassislar guruhining ma'lum qilishicha, dori vositasi tarkibida salomatlik uchun xavfli bo‘lgan xlorfeniramin maleat va kodein aniqlangan.
Nashrning ma'lum qilishicha, dori vositasining Hindiston hududida sotilishining taqiqlanishi, Pfizer foydasiga katta zarar yetkazadi. Chunki mamlakatda Corex dori vositasi so‘nggi to‘qqiz oy davomida sotilishi, kompaniyaga 26,3 mln dollar foyda keltirgan.